Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda yig‘ilish o‘tkazildi

“Hunarmand” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda yig‘ilish o‘tkazildi

2021 yil 23 iyun kuni  O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida Uyushma rahbari Ulug‘bek Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Matbuot xizmati mutaxassisi, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati hamda uyushmaning markaziy apparat xodimlari ishtirokida  yig‘ilish  o‘tkazildi. Yig‘ilishda  2021 yilda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi hamda O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari xaqida so‘z yuritildi. Tadbirni…

2021 yil 23 iyun kuni  O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida Uyushma rahbari Ulug‘bek Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Matbuot xizmati mutaxassisi, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati hamda uyushmaning markaziy apparat xodimlari ishtirokida  yig‘ilish  o‘tkazildi.

Yig‘ilishda  2021 yilda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi hamda O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari xaqida so‘z yuritildi.

Tadbirni Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochdi. Hurmatli yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 18 aprelda “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoni imzolanganligini ta’kidlab o‘tdi.

Xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan-tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mazkur farmon bilan diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilanganligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ham so‘z olib, 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Matbuot xizmati mutaxassisi  so‘zga chiqib,

– “jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish;

– islom va jahon sivilizasiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish;

– dinni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadigan buzg‘unchi yot g‘oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish;

– jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish;

– jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish;

kabi masalalarga e’tibor qaratdi.

Author: Uyushma axborot xizmati