Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Ulug‘bek Abdullayev boshchiligida joriy yilning 23 iyun kuni 15:00 hunarmandchilik klasterlar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan videokonferensiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Ulug‘bek Abdullayev boshchiligida joriy yilning 23 iyun kuni 15:00 hunarmandchilik klasterlar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan videokonferensiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev boshchiligida joriy yilning 23 iyun kuni 15:00  hunarmandchilik klasterlar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan videokonferensiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-son qarorining 9-bandida 2021 yil mobaynida har bir…

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev boshchiligida joriy yilning 23 iyun kuni 15:00  hunarmandchilik klasterlar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan videokonferensiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-son qarorining 9-bandida 2021 yil mobaynida har bir hududda asosan xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini tajriba sifatida joriy etish, shuningdek, ushbu klasterlar hunarmandchilik mahsulotlari uchun xomashyo yetishtirish, uni qayta ishlash va sotish faoliyatini qamrab olish, klasterlar ustav kapitalining 50 foizi teng ulushlarda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, qolgan 50 foizi hunarmandlarning o‘z mablag‘i hisobidan shakllantirish vazifasi yuklatilganligi aytildi.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatidagi tashkil etildi.

Tadbir klasterlar tashkil qilgan tashabbuskor hunarmandlarni jalb etgan xolda  tashkil etildi.

Tadbirda ” Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi” boshqarmasi boshlig‘i  Nurmatova Mukarram”, “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi”   Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muhammedov Shoxrux, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i Toshmatov Aziz,  ushbu vazirlik mutaxassisi Rustamova Shaxnoza ishtirok etdi

Author: Uyushma axborot xizmati