Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > “Hunarmand” uyushmasi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahri “Ishmurat” kulolchilik maktabi bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirilmoqda

“Hunarmand” uyushmasi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahri “Ishmurat” kulolchilik maktabi bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirilmoqda

Respublika “Hunarmand” uyushmasi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahri “Ishmurat” kulolchilik maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyiha dasturi bo’yicha “Ishmurat” kulolchilik maktabida faoliyat olib borayotgan Liliya Safuanova, Liliya Yemelyanova, Snejana Xayrullinalar O‘zbekistondagi kulolchilik maktablari faoliyati bilan tanishdi va kasb mahoratini oshirdi. Dastur rejasi bo’yicha ikki hafta davomida Rishton kulolchilik maktablarida bo’lib, kulolchilik sirlarini o’zlashtirishi ko’zda tutilgan…

Respublika “Hunarmand” uyushmasi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahri “Ishmurat” kulolchilik maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyiha dasturi bo’yicha “Ishmurat” kulolchilik maktabida faoliyat olib borayotgan Liliya Safuanova, Liliya Yemelyanova, Snejana Xayrullinalar O‘zbekistondagi kulolchilik maktablari faoliyati bilan tanishdi va kasb mahoratini oshirdi.

Dastur rejasi bo’yicha ikki hafta davomida Rishton kulolchilik maktablarida bo’lib, kulolchilik sirlarini o’zlashtirishi ko’zda tutilgan edi. Natijada Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi mashhur usta-kulol, xalq amaliy san’ati ustasi Baxtiyor Nazirov ustaxonasida bo‘lib, an’anaviy Rishton kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayonlarini o‘rgandilar, kulolchilik hamda koshinpazlik sir-sinoatlari bilan tanishdilar.

Bugun 2022 yilning 20 aprel kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasida tashkil etilgan amaliy san’at muzeyida tataristonlik hunarmandlar Liliya Safuanova, Liliya Yemelyanova, Snejana Xayrullinalarning O‘zbekistonga safari yakuniga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etiladi. Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi vakillari, tataristonlik hunarmandlar Liliya Safuanova, Liliya Yemelyanova, Snejana Xayrullina, “Syuyumbike” jurnalning Bosh muharrir o‘rinbosari Ramziya (Rimma) Anvarovna ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tataristondan kelgan hunarmandlar “Ishmurat” kulolchilik maktabida kulolchilik bilan shug‘ullanadi, bu ustaxonada kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi, mahorat darslari namoyish etiladi va yoshlarga hunar o‘rgatadi.

Shu bilan birga tataristonlik mehmonlar Rishton an’anaviy kulolchilik namayondalari, akademik Sharofiddin Yusupov hamda amaliy san’at ustasi Alisher Nazirov ustaxonalarida bo‘ldilar. Rishtonlik ustalarni Ishmurat kulolchilik maktabi bilan hamkorligi bardavom bo‘lishi, o‘zaro tajriba hamda mahsulotlarni sotilishini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Ta’kidlash lozimki, Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tataristonlik hunarmandlarning mehmona xizmati hamda hunar o‘rganishi uchun usta hunarmandlarga ish haqi moliyalashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi
“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati