Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Xorazm viloyatida

“Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Xorazm viloyatida

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Xorazm viloyatining Yangiariq tumani Kattabog‘ qishlog‘ida barpo etilayotgan “Yangiariq kulolchilik markazi”da qurilish jarayonlarini borib ko‘rdi.   Joriy yilning 7 sentyar kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida joriy yilning 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Xorazm viloyatining Yangiariq tumani Kattabog‘ qishlog‘ida barpo etilayotgan “Yangiariq kulolchilik markazi”da qurilish jarayonlarini borib ko‘rdi.

  Joriy yilning 7 sentyar kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida joriy yilning 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan barpo etilayotgan Xorazm viloyatining Yangiariq tumani Kattabog‘ qishlog‘ida “Yangiariq kulolchilik markazi” qurilish jarayonlarini ko‘rdi va quruvchilar va hunarmandlar bilan uchrashdi. Suhbat davomida ushbu markazni qurilishini sifatli qilib yakunlash borasida o‘z tavsiyalarini va ko‘rsatmalarini berdi.  

 Aytish lozimki, Kulolchilik markazi an’anaviy uslubda  uyushma va homiylar mablag‘lari asosida qurilmoqda va bu yerda kulolchilik yo‘nalishida 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati