Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Fotoreportajlar > Hunarmand uyushmasi mas’ul xodimlaridan iborat “Tezkor shtab” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Hunarmand uyushmasi mas’ul xodimlaridan iborat “Tezkor shtab” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

28 mart kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 martdagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha o‘tkazilgan tashkiliy qo‘mita yig‘ilishining VM 21/24-20-sonli majlis bayonidagi Festivalning barcha tashkiliy va ijodiy masalalarini o‘z vaqtida tashkil etish va monitoring qilish bo‘yicha Respublika “Hunarmand” uyushmasi va tegishli vazirliklar , idoralar…

28 mart kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 martdagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha o‘tkazilgan tashkiliy qo‘mita yig‘ilishining VM 21/24-20-sonli majlis bayonidagi Festivalning barcha tashkiliy va ijodiy masalalarini o‘z vaqtida tashkil etish va monitoring qilish bo‘yicha Respublika “Hunarmand” uyushmasi va tegishli vazirliklar , idoralar va xo‘jalik birlashmalarining mas’ul xodimlaridan iborat “Tezkor shtab” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi, II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik Festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari J.O‘raqov olib bordi. Yig‘ilishda tegishli vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining mas’ul xodimlaridan iborat “Tezkor shtab” faoliyati yo‘lga qo‘yildi, Bayonda belgilangan vazifalar taqsimoti hamda Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Hukumat farmoyishi loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Author: Uyushma axborot xizmati