Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat safari

Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat safari

2022-yilning 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat safari davomida Chimboy tumani hunarmandlari bilan uchrashdi.

Qoraqalpoq ulugʻ shoiri Berdaq bobomiz nomiga atab quyilgan Maqbara yonida qora uylar qurilgan va unda hunarmandlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek Chimboy tumani hunarmandi D.Tadjimuratov ish faoliyati bilan tanishish maqsadida xonadoniga tashrif buyurdi va uy muzeyi bilan tanishdi. Hunarmand usta oʻz uyida uy -muzeyi tashkil qilib, u yerga haykaltaroshlik va rassomlik ijodi namunalarini joylashtirgan.

D.Tadjimuratov uy- muzeyi turizm marshrutiga kiritilgan boʻlib, qoraqalpoq eliga tashrif buyurgan chet el sayyohlarining doimiy tashrif buyuradigan maskaniga aylangan.

Shuningdek ugʻillari Odil va Sultonlar ham otasi kabi hunarmand boʻlib, zargarlik faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqda va qoraqalpoq milliy zargarlik buyumlarini qayta rivojlanishini va tiklanishida salmoqli hissa qoʻshgan jonkuyarlardan hisoblanadi.

Author: Uyushma axborot xizmati