Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Epli kelin-sepli kelin” tanlovi oʻtkazildi

“Epli kelin-sepli kelin” tanlovi oʻtkazildi

Joriy yilning 20-fevral kuni Sergeli tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshchiligida “Xonobodtepa” mahallasida yosh kelinlar oʻrtasida “Epli kelin-sepli kelin” tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda kelinlar oʻzlarining muomala madaniyati, mehmon kutish odobi, turli milliy taomlar tayyorlash mahoratlarini namoyish etishdi. Milliy hunarmandchilik koʻrgazmasi, milliy liboslar namoyishi, onalar tomonidan ijro etilgan milliy qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilariga yanada koʻtarinki kayfiyat baxsh…

Joriy yilning 20-fevral kuni Sergeli tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshchiligida “Xonobodtepa” mahallasida yosh kelinlar oʻrtasida “Epli kelin-sepli kelin” tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda kelinlar oʻzlarining muomala madaniyati, mehmon kutish odobi, turli milliy taomlar tayyorlash mahoratlarini namoyish etishdi. Milliy hunarmandchilik koʻrgazmasi, milliy liboslar namoyishi, onalar tomonidan ijro etilgan milliy qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilariga yanada koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi. Tadbir soʻngida kelinlar mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Author: Uyushma axborot xizmati