Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Mamlakatimizda o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklga o‘tkaziladi

Mamlakatimizda o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklga o‘tkaziladi

So‘nggi kunlarda yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati kamayayotgani kuzatilmoqda.  Kasallikning tarqalganlik darajasi 0,8 ni tashkil etmoqda (JSST ekspertlari xulosasiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1,0 gacha bo‘lsa vaziyat barqarorligini anglatadi). Shuningdek, stasionardan chiqarilayotganlar sonining stasionarga yotqizilayotganlar soniga nisbatan hamda karantindan chiqarilayotganlar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ham ijobiy tomonga siljish kuzatilmoqda. Kasallikning yuqtirib olish manbai 35-43…

So‘nggi kunlarda yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati kamayayotgani kuzatilmoqda. 

Kasallikning tarqalganlik darajasi 0,8 ni tashkil etmoqda (JSST ekspertlari xulosasiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1,0 gacha bo‘lsa vaziyat barqarorligini anglatadi).

Shuningdek, stasionardan chiqarilayotganlar sonining stasionarga yotqizilayotganlar soniga nisbatan hamda karantindan chiqarilayotganlar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ham ijobiy tomonga siljish kuzatilmoqda.

Kasallikning yuqtirib olish manbai 35-43 % holatda kasallangan oila a’zosi yoki qarindoshlari, 6-7 % holatda bemor ko‘shnilari, 10-12 % holatda jamoat joylaridagi muloqot va 4-5 % holatda ish joyidagi muloqot ekani aniqlanmoqda. 

Tahlillariga ko‘ra, bog‘cha yoshidagi (3-6 yosh) bolalar o‘rtasida kasallanish, uy qaramog‘idagi shu yoshdagi bolalarga nisbatan (3-3,5 marta) kam uchramoqda.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu jihatlar inobatga olinib, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2022 yil 7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladi.

Bunda, barcha ta’lim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.  

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Author: Uyushma axborot xizmati