Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Xalqaro festivallar > Qo‘qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi

Qo‘qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi

2023-yil 21 — 23 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi. Ushbu festival uchun Qo‘qon shahri tanlangani bejis emas. Qadimiy va go‘zal shahar dunyoga dovrug‘i ketgan mohir hunarmandlar maskani sifatida ma’lum va mashhurdir. Qo‘qon yog‘och o‘ymakorlik maktabining atoqli namoyondasi, O‘zbekiston xalq rassomi Qodirjon Haydarov ushbu sohada milliy an’analarni saqlab qolib va yanada rivojlantirib,…

2023-yil 21 — 23 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi. Ushbu festival uchun Qo‘qon shahri tanlangani bejis emas. Qadimiy va go‘zal shahar dunyoga dovrug‘i ketgan mohir hunarmandlar maskani sifatida ma’lum va mashhurdir. Qo‘qon yog‘och o‘ymakorlik maktabining atoqli namoyondasi, O‘zbekiston xalq rassomi Qodirjon Haydarov ushbu sohada milliy an’analarni saqlab qolib va yanada rivojlantirib, iste’dodli yoshlarni tarbiyaladi. Bu borada amalga oshirilgan ishlari har qanday hunarmand uchun ibrat va o‘rnak namunasidir.

Author: Uyushma axborot xizmati