Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori

Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori

Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan: Xujjatda an’anaviy va zamonaviy kulolchilikni yanada rivojlantirish,  zarur xomashyo bazasini yaratish, kulollarga yer maydonlari va binolar ajratish, usta-shogird maktablari faoliyatini tubdan takomillashtirishorqali yoshlarni sohaga keng jalb qilish va shu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida aniq yo‘nalishlar belgilangan. Kulolchilik an’analarini milliy iftixor ramzi sifatida har bir…

Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan:

Xujjatda an’anaviy va zamonaviy kulolchilikni yanada rivojlantirish,  zarur xomashyo bazasini yaratish, kulollarga yer maydonlari va binolar ajratish, usta-shogird maktablari faoliyatini tubdan takomillashtirishorqali yoshlarni sohaga keng jalb qilish va shu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida aniq yo‘nalishlar belgilangan.

Kulolchilik an’analarini milliy iftixor ramzi sifatida har bir xonadon, mahalla hamda idora va tashkilotlarda keng targ‘ib qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish an’anaviy va zamonaviy kulolchilikni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Mazkur yo‘nalishda  2021-2022 yillarda qurilishi rejalashtirilgan kulolchilik markazlarining manzilli ro‘yxati tasdiqlangan, 16 ta tuman va shaharlarda qiymati 135,8 mlrd so‘mlik 20 ta kulolchilik markazlarini tashkil qilish belgilangan.

Qarorda belgilanganidek, namuna sifatida Rishton tumanida 3ta kulolchilik markazlarini tashkil qilish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan 100 mlrd so‘m resurs mablag‘lari evaziga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan kulolchilik markazlarini qurish hamda ularda xonadonlarni sotib olish uchun kulollarga boshlang‘ich badalsiz, mazkur xonadonlar garovi ostida 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar ajratiladi.

Kulolchilik markazlarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini tashabbuskorlarga ikki oy muddatda ajratib berish, kulolchilik markazlarining tashqi muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qurilishi belgilngan.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurayotgan 100ming nafarxotin-qizlarga reja bo‘yicha“Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi hisobidan kulolchilik mahsulotlari to‘plamini sovg‘a qilish tizimi ko‘rsatilgan.

Vazirlik, idora, banklar va davlat korxonalariga 2022 yil 1 sentyabrga qadar kulolchilik mahsulotlarini xarid qilish uchun kulollar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat berilgan.

Navro‘z va Mustaqillik bayramlari arafasida, to‘y-marosim va boshqa tadbirlarda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xodimlarga kulolchilik mahsulotlarini sovg‘a qilish tavsiya etilgan. O‘zlari joylashgan binoning kirish qismida mahalliy kulolchilik mahsulotlari namunalari burchagi tashkil etish topshirilgan.

Hunarmandchilik markazlari, yirik savdo majmualari, turistik marshrutga kiritilgan ob’yektlar va bozorlarda kulolchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.

2021–2023 yillarda kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini3,3 barobarga(3,2 mln donadan 10,6 mln donagacha)hamda kulollar sonini 2 barobarga(875 tadan 1 900 taga)ko‘paytirish bo‘yicha istiqbolli reja ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Istiqbolli reja ko‘rsatkichlariga erishish uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hunarmandchilikning barcha yo‘nalishlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida 500 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratiladi.

Milliy kulolchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda keng targ‘ib etish va savdosini oshirish maqsadida:

16 taxorijiy mamlakatning 24 ta shahridagi elchixonalar binolarida tashkil etilgan shourumlarda, yirik shaharlarda ochilgan doimiy ishlab turuvchi ko‘rgazma zali va savdo-do‘konlarida jami 1,7 ming kv metr maydonda kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etildi.

xorijiy mamlakatlarda tashkil etilayotgan shourum, ko‘rgazma zali va savdo-do‘konlariga “Hunarmand” uyushmasi tasarrufidagi “Craft and art”MChJ tomonidan qiymati 2 mlrd so‘mlik 8 ming ta kulolchilik mahsulotlari yetkazib beriladi.

Craft and art” MChJga xorijiy mamlakatlarga mahsulotlar namunasini yetkazib berish, respublikaning olis va chekka hududlaridan kulolchilik mahsulotlarini sotib olish hamda eksport qilishda aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan jami 10 mlrd so‘m(2021 yilda 5 mlrd so‘m va 2022 yilda 5 mlrd so‘m) mablag‘ (subsidiya) beg‘araz ajratilmoqda.

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tashkil etilgan “Xalqaro kulolchilik markazi” hududida kulollar uchun qurilgan xonadonlarning ular tomonidan sotib olinishi uchun:

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBtomonidan xonadonlar qiymatining 50 foizi miqdorida boshlang‘ich badalsiz, faqat mazkur xonadonlar garovi ostida 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida (14 foiz) ipoteka kreditlari ajratiladi;

Xonadonlar qiymatining qolgan 50 foizi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan qoplab beriladi.

2021 yil 1 aprelga qadar kulollarga  shogirdlarni tayyorlash, zarur xomashyolarni sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish  tartibi joriy etiladi;

Yangidan tashkil etilgan kulolchilik markazlaridagi turar va noturar joylarga nisbatan mulk huquqi kulollarga berilgan oydan boshlab 3 yil davomida mol-mulk solig‘i va yer solig‘i stavkalari 50 foiz miqdorida o‘rnatilmoqda;

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur imtiyoz hisobiga bir yilda 326mln so‘m mablag‘ kulollar ixtiyorida qoladi.

Uch oy muddatda kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish va sotib olish yuzasidan yagona platforma ishga tushiriladi.

Author: Uyushma axborot xizmati