Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Misgarlik haqida ma’lumot

Misgarlik haqida ma’lumot

Misgarlik — hunarmandlikning qad. sohasi; mis va uning metallar bilan qotishmasidan qurollar, uy-roʻzgʻor buyumlari va boshqa yasash kasbi. Misgarlikda buyumlar 2 xil usulda — eritib quyib yoki bolgʻalab yasaladi. Ish jarayonida metall tez-tez qizdirib turiladi. Murakkab shaklli buyumlar yasashda avval ayrim boʻlaklar quyilib, soʻng ular birbiriga qalaylanadi. Buyumlar qolipdan koʻchirilgach tozalanib, soʻng unga naqqoshlar chizma,…

Misgarlik — hunarmandlikning qad. sohasi; mis va uning metallar bilan qotishmasidan qurollar, uy-roʻzgʻor buyumlari va boshqa yasash kasbi. Misgarlikda buyumlar 2 xil usulda — eritib quyib yoki bolgʻalab yasaladi. Ish jarayonida metall tez-tez qizdirib turiladi. Murakkab shaklli buyumlar yasashda avval ayrim boʻlaklar quyilib, soʻng ular birbiriga qalaylanadi. Buyumlar qolipdan koʻchirilgach tozalanib, soʻng unga naqqoshlar chizma, kandakori yoki bosma usulida gul (naqsh) ishlaydi.

Qadimda sof misning oʻzidan bolgʻalab buyumlar yasalgan, buyumlar yumshoq va moʻrt boʻlgan. Jez davri (miloddan avvalgi 2-ming yillik)dan mis va uning qalay, qoʻrgʻoshin, rux aralashmasidan iborat metallar qotishmasidan bir-muncha pishiq boʻlgan buyumlar yasalgan. Oʻzbekiston hududida Misgarlik qadimdan rivojlangan, ushbu hududdan topilgan tarkibida mis koʻp boʻlgan jez idishlar bunga misol boʻla oladi. Jez davriga oid muhrlarda oʻsimlik, hayvonlar (ilon, burgut va boshqalar) tasvirlari ishlangan.

Author: Uyushma axborot xizmati