Prezident mavzuni davom ettirdi: “Konstitusiyamizda fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, uning daxlsizligini kafolatlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, muhtoj toifalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlash zarur. Xalqimiz orasida “snos” degan nom bilan mashhur bo‘lgan muammo bor. Bunday holatga butunlay barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitusiyaviy kafolatni belgilab qo‘yish lozim. Ya’ni, sudning qarorisiz hech…
Prezident mavzuni davom ettirdi:
“Konstitusiyamizda fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, uning daxlsizligini kafolatlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, muhtoj toifalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlash zarur.
Xalqimiz orasida “snos” degan nom bilan mashhur bo‘lgan muammo bor.
Bunday holatga butunlay barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitusiyaviy kafolatni belgilab qo‘yish lozim.
Ya’ni, sudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak.
Imorat buzilishga tushadigan bo‘lsa, buning uchun buzishdan oldin uning qiymatiga mos ravishda kompensasiya to‘lanishi shart.
Uy-joyga yoki shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yo‘l qo‘yilishi Konstitusiyada qat’iy belgilanishi darkor”.