O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyat boshqarmasining faxriy a’zosi. Muyassar Temirova 1941 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Muyassar opa 1958 yildan buyon zardo‘zlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning 700 nafarga yaqin shogirdlari bo‘lib, hozirda ularning ko‘pchiligi zardo‘z usta sifatida faoliyat olib bormoqda. M.Temirova 1971 yilda “O‘zbekiston xalq rassomi” unvoni bilan, 1995 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” va “Oltin…
O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyat boshqarmasining faxriy a’zosi. Muyassar Temirova 1941 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Muyassar opa 1958 yildan buyon zardo‘zlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning 700 nafarga yaqin shogirdlari bo‘lib, hozirda ularning ko‘pchiligi zardo‘z usta sifatida faoliyat olib bormoqda. M.Temirova 1971 yilda “O‘zbekiston xalq rassomi” unvoni bilan, 1995 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlangan.
Uning ijodiy ishlari MDH davlatlari va Fransiya, Germaniya, AQSH, Italiya, Shveysariya kabi o‘ndan ortiq mamlakatlarda tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilib, sertifikatlar va qimmatbaxo sovg‘alar sovrindori bo‘lgan.