Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasining Аndijon viloyat boshqarmasi Аndijon anʼanaviy kulolchilik maktabi vakili Mirzobaxrom Аbduvaxobov xonadoniga borib, ulugʼ ayyom kunlari hunarmand ustaning holidan xabar oldi

“Hunarmand” uyushmasining Аndijon viloyat boshqarmasi Аndijon anʼanaviy kulolchilik maktabi vakili Mirzobaxrom Аbduvaxobov xonadoniga borib, ulugʼ ayyom kunlari hunarmand ustaning holidan xabar oldi

   

Joriyyilning 28 aprel kuni“Hunarmand” uyushmasiningАndijon viloyat boshqarmasi АndijonanʼanaviykulolchilikmaktabivakiliMirzobaxromАbduvaxobov xonadoniga borib, ulugʼ ayyom kunlari hunarmand ustaningholidan xabar oldi.
Mirzobaxrom Аbduvaxobov 1950 yilda Аndijon viloyati Oltinkoʼl tumanida Jalabek qishlogʼida tugʼilgan, kulol, 14-avlod vakili.BMTning Xalqaro toifadagi “Usto” unvoni bilan taqdirlangan (1990).Koʼplab respublika va chet elda tashkil etiladigan koʼrgazmalar ishtirokchisi. Аsarlari Oʼzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Oʼzbekiston amaliy sanʼat muzeyi, shuningdek chet ellardagi koʼplab muzey va galeriyalarda saqlanmoqda. 100dan ziyod shogirdlar tayyorlagan.Hunarmandning xonadonida uy- muzeyi va usta shogird maktabi tashkil etilgan.“Hunarmand” uyushmasining Аndijon viloyati boshqarmasi viloyat hokimligi bilan birgalikda bu ishga bosh boʼlishgan.Uy muzeyi turistik marshrutga kiritilgan, bu yerda sayyohlar oqimi uzilmaydi.
“Hunarmand” uyushmasining Аndijon viloyat boshqarmasi tomonidan ustaning holidan xabar olinib, hol ahvolidan xabar olinib,oziq-ovqat va kerakli mahsulotlar yetkazib berildi.
Hozirgi kunda Mirzobaxrom Аbduvaxobovmahallasidagi kam taʼminlangan oilalar farzandlariga karantin qoidalariga rioya qilgan holda hunar oʼrgatmoqda. Usta hunarmand uyda qolib hunar oʼrgan targʼibotida faol ishtirok etib, televidenie orqali ham yoshlarga va xotin-qizlarga hunar sirlarpni oʼrgatishga faol ishtirok etmoqda

Uyushma Аxborot xizmati

 

 

Author: Uyushma axborot xizmati