Joriy yilning 28 aprel kuni “Hunarmand” uyushmasining Аndijon viloyat boshqarmasi andijonlik pichoqchi usta Аbdumalik Muxiddinovxonadoniga borib, ulugʼ ayyom kunlari hunarmand ustaningholidan xabar oldi.
Аbdumalik Muxiddinov viloyatda pichoqchilik maktabiga asos solgan usta hunarmand. U charm va metall gʼiloflarda tigʼi oʼtkir pichoqlar tayyorlaydi. U tayyorlagan pichoqlarning dastaklari, bandlari ham turlicha: yaxlit va boʼlakchalardan iborat toʼplam, yogʼoch va suyakli, qadama naqshli va naqshi boʼyalgan. Hunarmand yasagan 3mm pichoq jahonda hayrat uygʼotgan.
“Hunarmand” uyushmasining Аndijon viloyat boshqarmasi tomonidan ustaning hol ahvolidan xabar olinib,oziq-ovqat va kerakli mahsulotlar yetkazib berildi.
Uyushma Аxborot xizmati