Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > 3-5 may kunlari Buxoro shahrida II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi

3-5 may kunlari Buxoro shahrida II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi

AOKAda Respublika “Hunarmand” uyushmasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan Matbuot ajumanida mazkur festival haqida batafsil ma’lumot berildi: Festivalning asosiy maqsadi – xalq amaliy san’atining zardo‘zlik va zargarlik an’analarini rivojlantirish, ularning noyob namunalarini targ‘ib etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish hamda mintaqaning turizm salohiyatini yanada oshirishdan iborat. Festival veb-sayti handicrafters.uz takomillashtirildi. Festival, milliy hunarmandchilik, hunarmandlar, ular tomonidan…

AOKAda Respublika “Hunarmand” uyushmasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan Matbuot ajumanida mazkur festival haqida batafsil ma’lumot berildi:
Festivalning asosiy maqsadi – xalq amaliy san’atining zardo‘zlik va zargarlik an’analarini rivojlantirish, ularning noyob namunalarini targ‘ib etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish hamda mintaqaning turizm salohiyatini yanada oshirishdan iborat.

Festival veb-sayti handicrafters.uz takomillashtirildi. Festival, milliy hunarmandchilik, hunarmandlar, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlari haqidagi ma’lumotlar joylashtirildi. 2024 yilning 10 aprel kuni ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari yakunlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 70 ta davlatdan 200 nafarga yaqin ishtirokchi festivalga ishtirok etish istagini bildirdi. Hozirgi kunda tashkiliy qo‘mita tomonidan ishtirokchilar saralanmoqda. Festivalga 56 ta davlatdan 100dan ortiq ishtirokchi ishtirok etishi nazarda tutilgan. Shuningdek,  festivalda 250 dan ortiq mahalliy hunarmand o‘z shogirdlari bilan ishtirok etishlari mo‘ljallanmoqda.

➡️ Batafsil

Author: Uyushma axborot xizmati