Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Pichoqchilik – Chust shahri brendi

Pichoqchilik – Chust shahri brendi

O‘z shahrining brendi bo‘lgan Chust pichoqlari jozibadorligi, shaklining soddaligi hamda silliqligi, pishiq-puxtaligi bilan xorijda ham ma’lum va mashhur. Ular o‘zining betakror ko‘rinishga ega bo‘lib, foydalanishda juda qulayligi bilan ham boshqalardan ajralib turadi. Chust ustalari yasagan pichoqlarning boshqalardan farqi ularning dasta hamda tig‘i uzunroq, tig‘ininAxxg uchi tashqariga, dastasining uchi esa ichkariga tomon qayrilgan bo‘ladi. Chust hunarmandlari…

O‘z shahrining brendi bo‘lgan Chust pichoqlari jozibadorligi, shaklining soddaligi hamda silliqligi, pishiq-puxtaligi bilan xorijda ham ma’lum va mashhur. Ular o‘zining betakror ko‘rinishga ega bo‘lib, foydalanishda juda qulayligi bilan ham boshqalardan ajralib turadi.

Chust ustalari yasagan pichoqlarning boshqalardan farqi ularning dasta hamda tig‘i uzunroq, tig‘ininAxxg uchi tashqariga, dastasining uchi esa ichkariga tomon qayrilgan bo‘ladi. Chust hunarmandlari ustaxonalarida yaratilayotgan qora-binafsha rangli oddiy pichoq, tengi yo‘q dekorativ va suvenir pichoqlar, qilichlar, shuningdek, yaponlarning katana-qilichi qizil, oq, yashil va ko‘k rangli toshlar bilan bezatilgan. An’anaviy pichoqlarda esa «bahor lolasi» va «paxta guli» qadimiy naqshlari bor. Qadimiy shakllaridan bizgacha qozoqcha, qayqi, tolbargi, payvandli, qo‘shhovuz va yana bir qancha turlari yetib kelgan. Hozirgi kunda shakllangan nusxasi: shox sop, yorma sop, suqma sop, qalayi sar, mis sarbasta, sadafli, chilmexa, suyaksop, sadafsop kabi turlaridir.

Author: Uyushma axborot xizmati