Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Xon atlas” haftaligi doirasida O‘zbekiston tumanida turkum tadbirlar o‘tkazilmoqda

“Xon atlas” haftaligi doirasida O‘zbekiston tumanida turkum tadbirlar o‘tkazilmoqda

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yilning aprel-may oylarida “Nafosat” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishi belgilangan. Tanlov negizida joriy yilning 8—14-aprel kunlari O‘zbekiston tumanining barcha maskanlari, mahallalar, o‘quv muassasalari, korxona-tashkilotlarda “Xon atlas” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur haftalikning asosiy maqsadi aholi va ayniqsa, yoshlarda milliy…

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yilning aprel-may oylarida “Nafosat” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishi belgilangan. Tanlov negizida joriy yilning 8—14-aprel kunlari O‘zbekiston tumanining barcha maskanlari, mahallalar, o‘quv muassasalari, korxona-tashkilotlarda “Xon atlas” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur haftalikning asosiy maqsadi aholi va ayniqsa, yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, milliylikni asrash, o‘zbekona kiyinish madaniyatini, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali qadimiy va barhayot urf-odat va qadriyatlarimizga xos betakror kiyinish uslublarini namoyish qilishdan iborat.  Haftalik doirasida tuman manzillarida go‘zal opa-singillar turli fleshmoblar, milliy liboslar namoyishi, tanlovlar, chellenjlar va sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqdalar.

Author: Uyushma axborot xizmati