Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buxoroda “Qirsadaq” tajribasi joriy etiladi

Buxoroda “Qirsadaq” tajribasi joriy etiladi

Ma’lumki, joriy yilning 7-mart kuni mamlakatimiz Prezidenti xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda bergan topshiriqlari asosida, Senat raisi T.Norboyeva tomonidan qisqa muddatda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha dastur shakllantirish, buning uchun ishni qay tartibda tashkil qilish, xonadonma-xonadon yurish orqali muammolarni aniqlash, aniqlangan muammolarni klassifikatsiya qilish orqali, mahalla, tuman, viloyat va respublika darajasida hal qilish…

Ma’lumki, joriy yilning 7-mart kuni mamlakatimiz Prezidenti xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda bergan topshiriqlari asosida, Senat raisi T.Norboyeva tomonidan qisqa muddatda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha dastur shakllantirish, buning uchun ishni qay tartibda tashkil qilish, xonadonma-xonadon yurish orqali muammolarni aniqlash, aniqlangan muammolarni klassifikatsiya qilish orqali, mahalla, tuman, viloyat va respublika darajasida hal qilish choralarini ko‘rish haqida mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilgan edi. Shuningdek, bevosita  Senat raisi  rahbarligida Yangiyo‘l tumani “Qirsadaq” mahallasida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar asosida  tashkil qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda ushbu tizim  mamlakatimizning barcha hududlarida joriy etilmoqda.

Kuni kecha Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova Buxoro viloyatida bo‘lib, “Qirsadaq” tajribasini ommalashtirish bo‘yicha ishlar holatini o‘rgandi. Jumladan, Kogon shahar “Istiqlol” mahallasida  tashkil etilgan viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi  filialida olib borilayotgan o‘quv kurslari jarayonlarini kuzatdi. Markazda tahsil oluvchilar bilan suhbatlashib, mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilgan va yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi, xotin-qizlar muammolari davlat rahbari e’tiborida ekanligini ta’kidladi. Tashrif jarayonida viloyat va tumanlar mas’ullariga zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Author: Uyushma axborot xizmati