Xattotlik

Arabcha – husnixat yozuvchi degan ma’noni bildirib, yozuv (xat) san’ati, kitob koʻchirish hamda me’moriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalarini yaratish kasbini anglatadi.

Yozuvning paydo boʻlishi natijasida yuzaga kelgan. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli Xattotlikning rivojlanishi jadallashdi.

Sharqda, jumladan, Oʻrta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qoʻlyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn koʻchirish) bilan xattotlar shugʻullangan.

Xattotlar saroylarda, ayrim amaldorlar huzurida guruh boʻlib ishlagan.

Xattotlik san’atiga bagʻishlangan koʻplab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muhaqqaq, nasta’liq, suls, tavqe, ta’liq, devoniy, riqo, riq’iy) mavjudligi haqida darak beradi.

Author: Uyushma axborot xizmati