Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Usta hunarmand Аlisher Raximovning kulolchilik studiyasiga yoshlarning tashrifi uyushtirildi.

Usta hunarmand Аlisher Raximovning kulolchilik studiyasiga yoshlarning tashrifi uyushtirildi.

Oʼzbekiston Republikasi Bosh vazirining Xalq hunarmandchiligi, shu jumladan turli millat va elatlarga xos hunarmandchilik tarmoqlarini rivojlantirish orqali sohaga oid tabdirkorlik yoʼnalishlarini yoʼlga qoʼyish, qoʼshimcha ish oʼrinlarini yaratish va aholini oʼzini oʼzi band qilishga oʼrgatish boʼyicha yoʼl xaritasining 4-bandida berilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar xalq taьlim bosh boshqarmasi va “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 26 oktyabrь kuni Usta hunarmand Аlisher Raximovning kulolchilik studiyasiga yoshlarning tashrifi uyushtirildi.
Ushbu tashrifda yoshlar kulolchilik yoʼnalishidagi sir-asrorlarini koʼrib, ushbu yoʼnalishga katta qiziqishlarini bildirdi.
Tadbir davomida yoshlarga usta hunarmand tomonidan mahorat darslari oʼtkazilda va bir-biridan qiziqarli savol-javob oʼyinlari tashkil qilindi va gʼolib ishtirokchilarga hunarmand tomonidan esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi.
Yoshlarni yanada hunarga qiziqtirish maqsadida usta hunarmand Аlisher Rahimov tomonidan yoshlarga uy muzeyga sayyohat ham uyushtirildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati