Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Ulug‘bek Abdullayev Qashqadaryo viloyatida xizmat safari davomida viloyatda faoliyat olib borayotgan usta hunarmandlar faoliyatidagi muammo va takliflari bilan qiziqdi

Ulug‘bek Abdullayev Qashqadaryo viloyatida xizmat safari davomida viloyatda faoliyat olib borayotgan usta hunarmandlar faoliyatidagi muammo va takliflari bilan qiziqdi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Qashqadaryo viloyatida xizmat safari davomida viloyatda faoliyat olib borayotgan usta hunarmandlar uyiga, ustaxonalariga bordi,  faoliyatidagi muammo va takliflari bilan qiziqdi. Joriy yilning 27 yanvar kuni  “Hunarmand” uyushmasi rahbari  Qarshi tumanida faoliyat yuritib kelayotgan usta kulol  Erkin Rahmatov hamda Kasbi tumanida faoliyat olib borayotgan kulol usta hunarmandlar Baxtiyor Sattorov…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Qashqadaryo viloyatida xizmat safari davomida viloyatda faoliyat olib borayotgan usta hunarmandlar uyiga, ustaxonalariga bordi,  faoliyatidagi muammo va takliflari bilan qiziqdi.

Joriy yilning 27 yanvar kuni  “Hunarmand” uyushmasi rahbari  Qarshi tumanida faoliyat yuritib kelayotgan usta kulol  Erkin Rahmatov hamda Kasbi tumanida faoliyat olib borayotgan kulol usta hunarmandlar Baxtiyor Sattorov va Muxriddin O‘roqovlarning ustaxonasiga bordi.

Suhbat jarayonida usta kulol Erkin Rahmatov ustaxonasi uchun alohida transformator o‘rnatib berilsa, mahalladagi ishsiz 10 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlashini aytdi. Kasbi tumanida faoliyat yuritayotgan kulol Muxriddin O‘roqov kulolchilik maxsulotlarini pishirish uchun pech kerakligini gapirdi. “Hunarmand” uyushmasi rahbari Ulug‘bek Abdullayev ushbu mammolarni imkon qadar hal etilishida amaliy yordam berilishini gapirdi.

Author: Uyushma axborot xizmati