Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasi hamda Yaponiyadagi xalqaro tadqiqot markazi mas’ul xodimlari bilan uchrashuv-muzokara o’tkazildi

“Hunarmand” uyushmasi hamda Yaponiyadagi xalqaro tadqiqot markazi mas’ul xodimlari bilan uchrashuv-muzokara o’tkazildi

2023 yil 15 mart kunida “Hunarmand” uyushmasida Yaponiyadagi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi nomoddiy madaniy meros xalqaro tadqiqot markazi (IRCI) mas’ul xodimlari bilan uchrashuv-muzokara o‘tkazildi. Uchrashuvda Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi nomoddiy madaniy meros xalqaro tadqiqot markazi (IRCI) tadqiqotlar bo‘limi ilmiy xodimi Ayna INOUE, markaz mutaxassisi Anastasiya Dudko, “Umrboqiy…

2023 yil 15 mart kunida “Hunarmand” uyushmasida Yaponiyadagi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi nomoddiy madaniy meros xalqaro tadqiqot markazi (IRCI) mas’ul xodimlari bilan uchrashuv-muzokara o‘tkazildi. Uchrashuvda Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi nomoddiy madaniy meros xalqaro tadqiqot markazi (IRCI) tadqiqotlar bo‘limi ilmiy xodimi Ayna INOUE, markaz mutaxassisi Anastasiya Dudko, “Umrboqiy meros” targ‘ibot markazi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev uyushma va uning faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berib, O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi muhofazasi, uni saqlash va targ‘ib qilish borasida hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Joriy yilning sentyabr oyida Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan xalqaro hunarmandchilik festivaliga hamda festival doirasida Rishton tumanida bo‘lib o‘tadigan Kulollar festivaliga Yaponiyalik mehmonlarni taklif qildi. “Umrboqiy meros” targ‘ibot markazi direktori markaz faoliyati va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi. Shu bilan birga 2022 yilda nomoddiy madaniy meros tadqiqotiga oid loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi.

Osiyo va Tinch okeani mintaqasi nomoddiy madaniy meros xalqaro tadqiqot markazi (IRCI) tadqiqotlar bo‘limi ilmiy xodimi Ayna INOUE esa iliq kutib olganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi yilda esa 70 ta NMMga oid nashrlar to‘g‘risida ma’lumotlar tayyorlanishi lozimligi to‘g‘risida fikrlarini bildirdi. Tadbir so‘ngida Yaponiyalik hamkorlarga “Ipak yo‘lining an’anaviy hunarmandchiligi” va “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” kitob-atlaslari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng mehmonlar “Hunarmand” uyushmasida tashkil etilgan xalq amaliy san’ati muzeyini tomosha qildilar.

Author: Uyushma axborot xizmati