Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Surxondaryoda milodiy IX-XVI asrlarga oid xum idishlar topildi

Surxondaryoda milodiy IX-XVI asrlarga oid xum idishlar topildi

Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasida yashovchi fuqaro Erkin Tulakov o‘z tomorqasida issiqxona qurish uchun yer kavlayotgan paytida taxminan yarim metr chuqurlikda katta xum gardishiga duch keladi. Qazish ishlarini davom ettirib, ushbu gardish balandligi taxminan 1,50-1,60 metr bo‘lgan, butun saqlangan bir dona ulkan xum ekanligiga guvoh bo‘ladi va topilma yuzasidan mahalla fuqarolarga yig‘iniga, undan keyin viloyat Madaniy…

Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasida yashovchi fuqaro Erkin Tulakov o‘z tomorqasida issiqxona qurish uchun yer kavlayotgan paytida taxminan yarim metr chuqurlikda katta xum gardishiga duch keladi. Qazish ishlarini davom ettirib, ushbu gardish balandligi taxminan 1,50-1,60 metr bo‘lgan, butun saqlangan bir dona ulkan xum ekanligiga guvoh bo‘ladi va topilma yuzasidan mahalla fuqarolarga yig‘iniga, undan keyin viloyat Madaniy meros boshqarmasiga xabar qiladi.

Madaniy meros boshqarmasi hamda Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari tomonidan ushbu xum atrofida olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari natijasida bu yerda yana uch dona xum mavjudligi aniqlandi. Barcha xumlar zarar yetkazilmagan holda qazib olindi. Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xumlarning ikki donasi IX-XIII asrlarga, yana ikkitasi XIV-XVI asrlarga oid ekanligi taxmin qilinmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati