Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasi Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (WCC- ARR) ning 38-Bosh Assambleyasida onlayn ishtirok etdi

“Hunarmand” uyushmasi Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (WCC- ARR) ning 38-Bosh Assambleyasida onlayn ishtirok etdi

2020 yilning 4-6 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (WCC- ARR) ning 38-Bosh Assambleyasida onlayn ishtirok etdi. Anjumanda 34ta mamlakatdan 80 dan ortiq delegatlar qatnashadi. Jumladan, Jahon Hunarmandlar Kengashi Prezidenti Rozi Grinliz, tashkilotning Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasi Prezidenti Gada Qaddumi, Boshqaruv Kegashi a’zolari hamda…

2020 yilning 4-6 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (WCC- ARR) ning 38-Bosh Assambleyasida onlayn ishtirok etdi.

Anjumanda 34ta mamlakatdan 80 dan ortiq delegatlar qatnashadi. Jumladan, Jahon Hunarmandlar Kengashi Prezidenti Rozi Grinliz, tashkilotning Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasi Prezidenti Gada Qaddumi, Boshqaruv Kegashi a’zolari hamda a’zo mamlakatlar milliy tashkilotlari ishtirok etdi.

Tadbir dasturi 3 kunga mo‘ljallangan bo‘lib, Assambleya yig‘ilishida asosiy masala Jahon Hunarmandlar Kengashi – Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasining 2021-2024 yillar Prezidentiligini O‘zbekistonga topshirishni ratifikasiya qilish, Boshqaruv Kengashi yig‘ilishini o‘tkazish, Xalqaro Simpozium hamda hunarmandlar ishtirokida ko‘rgazma tashkil etishdan iborat.

Ushbu xalqaro tashkilotning Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasi bo‘yicha ofisini O‘zbekistonga olib kelish va nufuzli tadbirlarini yurtimizda o‘tkazish mamlakatimizda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va mavqeini oshirishga xizmat qiladi.

2020 yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi binosida Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (WCC- ARR) ning 38-Bosh Assambleyasida bo‘lib o‘tdi unda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi onlayn ishtirok etdi.

Anjuman Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (WCC- ARR) ning Prezidenti doktor Gada Xijavi-Kaddumining qutlovi bilan ochildi, Assambleya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi va hunarmandchilik sohasini rivojlantirish uchun dasturlar tasdiqlandi, 2019-2020 yilgi tashkilot  faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar eshitildi.

Shundan so‘ng, Jahon Hunarmandlar Kengashi – Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasining 2021-2024 yillar Prezidentiligini O‘zbekistonga topshirish ratifikasiya qilindi va yangi Prezidentlikka saylangan  professor Adham Ikromovning ma’ruzasi tinglandi.

Anjumanda yurtimizda hunarmandchilikka berilayotgan e’tibor va uni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar sohaga oid xalqaro tashkilot va ekspetlar tomonidan alohida e’tirof etildi. Ayniqsa, 2019 yil 10 -15 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalining o‘tkazilgani  xalqimizning qadimiy tarixi va madaniy hayotini har tomonlama keng yoritish, ko‘p qirrali o‘zbek milliy hunarmandchiligini keng namoyish qilish, uning noyob namunalarini targ‘ib etish, ushbu yo‘nalishda turli xalqlar o‘rtasida tajriba almashish, do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, madaniy aloqalarni xalqaro miqyosda kengaytirish, hunarmandchilik an’analari va maktablarini saqlash va qayta tiklashga zamin bo‘lganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi
“Hunarmand”  uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati