Bugun 29 aprel kuni Toshkent shahridagi HYATT regency mehmonxonasi majlislar zalida MDH ishtirokchi davlatlari hududlari 1-forumi o‘tkazildi. Forum dasturi doirasida Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamda Qozog‘iston Respublikasining “QAZAQ O’NER” milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu Memorandumni imzolashdan maqsad tomonlar o‘rtasida madaniy va ijodiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Memorandum doirasida tomonlar o‘z vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda milliy hunarmandchilik bo‘yicha ko‘rgazmalar, festivallar va mahorat darslarini tashkil etish, hunarmandlar o‘rtasida tajriba almashish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.