Uyushma haqida

Respublika «Hunarmand» uyushmasi

O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida”gi qonunlar va nodavlat notijorat tashkilotlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlarga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 31 martdagi PF-1741-son Farmoni asosida tashkil etilgan, jismoniy va yuridik shaxslarni ixtiyoriylik asosida o’z safiga birlashtirgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan, daromadlarni o’z a’zolari o’rtasida taqsimlamaydigan, o’zini o’zi boshqaruvchi nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi. Uyushmaning asosiy vazifasi xalq hunarmandchiligi an’analari asosida faoliyat ko’rsatayotgan musavvirlar, san’atshunoslar, xalq ustalari va hunarmandlar faoliyatlarini muvofiqlashtirish, o’zaro hamkorlikni amalga oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini, shuningdek, boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni amalga oshirishdan iboratdir.

0 Yillik
Tajriba
0 Tajribalik
Hodimlar

O'zbekiston Respublikasi "Hunarmand" uyushmasi rahbariyati

Murojaat Yo'llash

Respublika "Hunarmand" uyushmasiga online murojaat yo'lang

Hunarmandlarning biz haqimizdagi fikrlari

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan yangicha ko‘rinishda yaratilgan veb-sayt bilan yaqindan tanishar ekanman, yurtimizdagi hunarmandlar faoliyati haqida ushbu saytga qo‘yilgan ma’lumotlar rosti meni bir hunarmand sifatida quvontirdi. Bu ham bo‘lsa, biz hunarmandlarga ko‘rsatilayotgan e’tiborning yorqin bir namunasidir.

Mahfuza Salimova

Buxorolik zardo'z usta

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi veb-saytining zamonaviy ko‘rinishdagi yangicha shakli ancha mukammal yaratilibdi. “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish istagidagilar uchun ushbu veb-saytda nafaqat, viloyat boshqarma boshliqlari, balki tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari bilan bog‘lanish uchun telefon raqamlari ham kiritilgani, ayniqsa juda qulay bo‘libdi.

Mirzabahrom Abduvahabov

Andijonlik usta kulol

Respublika “Hunarmand” uyushmasining yangicha ko‘rinishdagi veb-sayti yangicha qiyofada mukammal yaratilibdi. Endilikda Uyushma tomonidan elektron savdo veb-saytlari ham yaratilib, bu orqali mahsulotlarimizni nafaqat mahalliy, balki xorijiy bozorlarda ham sotishga ko‘maklashishadi, degan umiddamiz.

Mirzayunus Umarov

Usta-hunarmand

Ushbu veb-saytda uyushma faoliyatiga oid ko‘plab ma’lumotlar, jumladan me’yoriy va boshqa elektron hujjatlar, usta-hunarmandlar tomonidan yozilgan kitoblar jamlangan yangi kutubxona, va eng asosiysi, 2025 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalar ro‘yxati kiritilganligi barcha hunarmandlar qatori qatori meni ham xursand qildi.

Tohir Muhamedov

Buxorolik zargar usta

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.