Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusovni “Hunarmand” uyushmasi jamoasi tavallud kunlari bilan tabriklaydi

O‘zbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusovni “Hunarmand” uyushmasi jamoasi tavallud kunlari bilan tabriklaydi

11-yanvar O‘zbekiston xalq ustasi (2007), “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2020), 2019-yili Qo‘qon shaharida o‘tkazilgan Halqaro hunarmandchilik festivalining oliy sovrini sohibi, respublikamiz va xorijda ko‘plab bino va inshoatlarni yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatgan, minglab yoshlarga hunar o‘rgatgan tabarruk ustozoda Farg‘ona viloyati Furqat tumani “Usta Yusufjon naqqosh va yog‘och o‘ymakorligi maktabi” rahbari usta hunarmand, xalq amaliy san’ati ustasi,…

11-yanvar O‘zbekiston xalq ustasi (2007), “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2020), 2019-yili Qo‘qon shaharida o‘tkazilgan Halqaro hunarmandchilik festivalining oliy sovrini sohibi, respublikamiz va xorijda ko‘plab bino va inshoatlarni yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatgan, minglab yoshlarga hunar o‘rgatgan tabarruk ustozoda Farg‘ona viloyati Furqat tumani “Usta Yusufjon naqqosh va yog‘och o‘ymakorligi maktabi” rahbari usta hunarmand, xalq amaliy san’ati ustasi, yog‘och o‘ymakori Muhammadali Yunusovning tavallud kunlari.

“Hunarmand” uyushmasi jamoasi hamda uyushmaga a’zo hunarmandlar Muhammadali Yunusovning tavallud kunlari bilan chin qalbdan tabriklaydi, ularga uzoq umr, sihat salomatlik, an’anaviy yog‘och o‘ymakorligi maktabini rivojlantirishda, yoshlarga hunar o‘rgatishdagi faoliyatlariga omad tilab qoladi.

Author: Uyushma axborot xizmati