Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Qo‘shtepalik yoshlar ham o‘zlari uchun, ham tengdoshlari uchun daromad manbalarini yaratishmoqda

Qo‘shtepalik yoshlar ham o‘zlari uchun, ham tengdoshlari uchun daromad manbalarini yaratishmoqda

Qo‘shtepa tumanida ish bilan band bo‘lmagan va pandemiya tufayli xorijdan qaytib kelib ishsiz qolgan yoshlarni doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishlarini taьminlash maqsadida yuritilgan “Yoshlar daftari”ga 4921 nafar yoshlar kiritilgan edi. O‘tgan davr mobaynida ularning xohish va istaklari o‘rganilib, zaruriy ko‘maklar berilishi natijasida 3800 nafardan ziyod yoshlarning  bandligi taьminlanishiga erishildi. Shuningdek, “Qiyqi” mahala fuqarolar yig‘ini “Archazor”…

Qo‘shtepa tumanida ish bilan band bo‘lmagan va pandemiya tufayli xorijdan qaytib kelib ishsiz qolgan yoshlarni doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishlarini taьminlash maqsadida yuritilgan “Yoshlar daftari”ga 4921 nafar yoshlar kiritilgan edi. O‘tgan davr mobaynida ularning xohish va istaklari o‘rganilib, zaruriy ko‘maklar berilishi natijasida 3800 nafardan ziyod yoshlarning  bandligi taьminlanishiga erishildi.

Shuningdek, “Qiyqi” mahala fuqarolar yig‘ini “Archazor” ko‘chasi, 245-uyda istiqomat qiluvchi Nozimjon Nishonov bankdan olingan 30 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga uskunalar harid qilib, 4 nafar do‘sti bilan birga hunarmandchilik bo‘yicha moʻjazgina stullar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Endi o‘z ishini yanada kengaytirish niyatida.

Author: Uyushma axborot xizmati