Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Prezidentining Berlinga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Berlinga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga amaliy tashrifi dasturi yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etdi. O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari ikki tomonlama uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. So‘ng davlatimiz rahbari Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi shafeligida tashkil etilgan Iqtisodiy forumda qatnashdi….

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga amaliy tashrifi dasturi yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etdi. O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari ikki tomonlama uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. So‘ng davlatimiz rahbari Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi shafeligida tashkil etilgan Iqtisodiy forumda qatnashdi. Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols raisligida o‘tgan “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi birinchi sammitda O‘zbekiston Prezidenti uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning ikki tomonlama muzokaralarida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Author: Uyushma axborot xizmati