Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O’zbekiston Respublikasi Uyushmasi tarkibida o’zgarish

O’zbekiston Respublikasi Uyushmasi tarkibida o’zgarish

2024-yil 16-mart kunida, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2018-yil 1-noyabrda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan Ustavining 5.2.-bandiga ko‘ra uyushmaning zaruratiga qarab navbatdan tashqari VI Konferensiya yig‘ilishi o‘tkazilgan. Konferensiya delegatlari tomonidan ikkita masala ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdan tashqari VI Konferensiyasi ishining yakunida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Taxirovich Abdullayev egallab turgan vazifasidan ozod…

2024-yil 16-mart kunida, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2018-yil 1-noyabrda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan Ustavining 5.2.-bandiga ko‘ra uyushmaning zaruratiga qarab navbatdan tashqari VI Konferensiya yig‘ilishi o‘tkazilgan. Konferensiya delegatlari tomonidan ikkita masala ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdan tashqari VI Konferensiyasi ishining yakunida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Taxirovich Abdullayev egallab turgan vazifasidan ozod qilish hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari O‘raqov Jamshed Radjabovichni Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi – uyushma Boshqaruv kengashi raisi lavozimiga vaqtinchalik vazifasini bajaruvchisi sifatida tayinlash masalalari yuzasidan bir ovozdan qaror qilingan.

Author: Uyushma axborot xizmati