Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Girih” zardo‘zlik namoyoni

“Girih” zardo‘zlik namoyoni

O‘zbekiston amaliy san’atining durdonalaridan biri – “Girih” zardo‘zlik namoyoni hisoblanadi. Ushbu noyob namoyon 440×440 sm o‘lchamida bo‘lib, ko‘k rangli baxmal yuzasiga zardo‘zlik uslubida naqshlar tikilgan. Ustalar “zardo‘zi-guldo‘zi” va “zardo‘zi-zamindo‘zi” uslublarini qo‘llagan holda gulli naqshlardan foydalanganlar. Shuningdek, qizil va yashil rangli baxmaldagi applikasiyalari zarxal va kumush iplar bilan bezatilgan. Asosi murakkab geometrik naqshdan iborat bo‘lib, yulduz…

O‘zbekiston amaliy san’atining durdonalaridan biri – “Girih” zardo‘zlik namoyoni hisoblanadi. Ushbu noyob namoyon 440×440 sm o‘lchamida bo‘lib, ko‘k rangli baxmal yuzasiga zardo‘zlik uslubida naqshlar tikilgan. Ustalar “zardo‘zi-guldo‘zi” va “zardo‘zi-zamindo‘zi” uslublarini qo‘llagan holda gulli naqshlardan foydalanganlar.

Shuningdek, qizil va yashil rangli baxmaldagi applikasiyalari zarxal va kumush iplar bilan bezatilgan. Asosi murakkab geometrik naqshdan iborat bo‘lib, yulduz shaklidagi qizil baxmaldan applikasiyalar joylashtirilgan. Markazda jimjimador turunj va yulduzlardan iborat aylana mavjud.

Hoshiyasi keng, gulli naqshlar bilan bezatilgan qizil rangli baxmal asosdagi turunjlardan iborat. Hoshiyasi bo‘rtma zarxal chok bilan chegaralangan. Naqshlar “zamindo‘zi” uslubida bajarilgan. “Zamindo‘zi” mumtoz naqshinkor choklar bo‘lib, zardo‘zlarning urf-odatlari, badiiy madaniyati va texnik mahoratini o‘zida aks yettirgan.

Eskiz muallifi – O‘zbekiston Xalq rassomi Vladimir Pavlovich Stolyarov hisoblanib, zardo‘zlik namunasi 1961 yilda Buxoro shahridagi san’at mahsulotlari fabrikasida Maqsuma Axmedova rahbarligida tayyorlangan. “Girih” namoyonini bajarish bo‘yicha o‘ttiz nafar ustalar ikki yarim oy davomida ishlagan.

Author: Uyushma axborot xizmati