Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi faoliyatida Xalqaro yo’nalish

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi faoliyatida Xalqaro yo’nalish

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi faoliyatida Xalqaro yo‘nalish O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari ko‘magida MDH, Yevropa va AQSH davlatlariga hunarmandchilikning kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik va qo‘lda gazlama to‘qish yo‘nalishlari bo‘yicha jami 59.5mln. AQSH dollari miqdoridagi hunarmandchilik mahsulotlari eksport qilindi. 2022 yil 7 oy yakuni bilan O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari ko‘magida MDH,…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi faoliyatida Xalqaro yo‘nalish

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari ko‘magida MDH, Yevropa va AQSH davlatlariga hunarmandchilikning kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik va qo‘lda gazlama to‘qish yo‘nalishlari bo‘yicha jami 59.5mln. AQSH dollari miqdoridagi hunarmandchilik mahsulotlari eksport qilindi. 2022 yil 7 oy yakuni bilan O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari ko‘magida MDH, Yevropa va AQSH davlatlariga jami 11,4 mln. AQSH dollari miqdoridagi hunarmandchilik mahsulotlari eksport qilindi. Hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va sotishga ko‘maklashish maqsadida mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari binolarida 19ta shourum (Xitoy 2 ta, Rossiya 3 ta, Turkiya 4 ta va Qozog‘iston, Belgiya, Latviya, Fransiya, Angliya, Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Italiya, Yaponiyada 1 tadan)va 5ta milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari (Afina, Ivu, Riga, Moskva va Sankt-Peterburg) tashkil etildi. Milliy hunarmandchilik mahsulotlarining onlayn savdosini yo‘lga qo‘yish uchun uzcrafts.uz, icrafts.uz, craftshipman.com, suzanishop.uz va ikatmarketing.com kabi internet magazinlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda uzcraft.com kanal va guruhlari tashkil etildi.

Bugungi kunga kelib, milliy-urf odatlarimizni aks ettirgan “Chust Do’ppi”, “Adras of Margilan”, “Karakul Fur”, “Rishtan Ceramics” kabi milliy hunarmandchilik brendlari paydo bo‘ldi.

Bunday brendlar bilan Amazon, Ebayva ETSY kabi xalqaro onlayn savdo maydonchalaridan foydalanayotgan hunarmandlarimiz soni 180 nafarga yetdi. Mazkur platformalarga shu kunga qadar milliy hunarmandchilikning talab yuqori bo‘lgan 12 ta yo‘nalishi bo‘yicha 5 mingdan ortiq mahsulotlar joylashtirilib, onlayn savdo hajmi 1 mln. dollardan oshdi. Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida xorijda 14ta, respublikada 168ta hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma yarmarka va festivallari tashkil etildi. O‘tan 6 oy mobaynida xorijda 6 ta, respublikada 48ta hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma yarmarka va festivallari tashkil etildi. Jumladan, may oyida Buxoro shahrida “I Xalqaro zargarlik va zardo‘zlik festivali” o‘tkazildi. Ushbu festivalda 58ta mamlakatdan 260 nafarga yaqin mehmonlar, 38 mamlakatdan 150 dan ortiq hunarmandlar ishtirok etishdi.

Author: Uyushma axborot xizmati