Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Ko‘pchiligimiz yaxshi bilamiz, qadimgi Rim huquqida oltin qoidalar bor. Masalan, “hech kimga bajarib bo‘lmaydigan majburiyatni yuklama” yoki “qonun – imkonsiz narsani talab qilmaydi”, kabi qoidalar shular jumlasidandir

“Ko‘pchiligimiz yaxshi bilamiz, qadimgi Rim huquqida oltin qoidalar bor. Masalan, “hech kimga bajarib bo‘lmaydigan majburiyatni yuklama” yoki “qonun – imkonsiz narsani talab qilmaydi”, kabi qoidalar shular jumlasidandir

Afsuski, milliy qonunchiligimizda bajarib bo‘lmaydigan yoki bajarish qiyin bo‘lgan normalar ham uchrab turadi. Aslida, qonunlar insonga hech qachon ortiqcha talab qo‘ymasligi kerak.  Ortiqcha talab, avvalo, ortiqcha xarajat degani. Qolaversa, bu korrupsiyaga yo‘l ochadi.  Mana, bir misol, fuqaroning ipoteka kreditidan 3 million so‘mlik uch oylik qarzi bor.  Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, bank qarzdorni sudga beradi. Lekin, bu…

Afsuski, milliy qonunchiligimizda bajarib bo‘lmaydigan yoki bajarish qiyin bo‘lgan normalar ham uchrab turadi. Aslida, qonunlar insonga hech qachon ortiqcha talab qo‘ymasligi kerak. 

Ortiqcha talab, avvalo, ortiqcha xarajat degani. Qolaversa, bu korrupsiyaga yo‘l ochadi. 

Mana, bir misol, fuqaroning ipoteka kreditidan 3 million so‘mlik uch oylik qarzi bor. 

Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, bank qarzdorni sudga beradi. Lekin, bu masalada da’vo arizasi 3 million so‘m, ya’ni real qarz bo‘yicha emas, balki kreditning to‘lanmagan qismiga, deylik, 250 million so‘mga nisbatan beriladi.

Sud arizani ko‘rib chiqib, qarzdordan 10 million so‘mdan ortiq davlat bojini undirish va shartnomani bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi. O‘zingiz o‘ylang, 3 million so‘mni to‘lay olmagan fuqaro 10 million davlat bojini qanday to‘laydi?”

Author: Uyushma axborot xizmati