Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hurmatli yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlari!

Hurmatli yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlari!

Sizlarni joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 17.00da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, «Katta Do‘mbirobod» mahallasida «Hunarmandchilik markazi» va «Usta-shogird maktabi»da yog‘och o‘ymakor, O‘zbekiston xalq ustasi Sirojiddin Rahmatullayev va yoshlar uchrashuviga taklif etamiz. Tadbirda Sirojiddin Rahmatullayev tomonidan mahorat darsi, xalq ustasi tomonidan usta-shogird maktabi mashg‘ulotlari, usta hunarmandning hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyishi, yosh shogirdlar ishtirokida naqsh o‘yish…

Sizlarni joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 17.00da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, «Katta Do‘mbirobod» mahallasida «Hunarmandchilik markazi» va «Usta-shogird maktabi»da yog‘och o‘ymakor, O‘zbekiston xalq ustasi Sirojiddin Rahmatullayev va yoshlar uchrashuviga taklif etamiz.

Tadbirda Sirojiddin Rahmatullayev tomonidan mahorat darsi, xalq ustasi tomonidan usta-shogird maktabi mashg‘ulotlari, usta hunarmandning hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyishi, yosh shogirdlar ishtirokida naqsh o‘yish bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Barchangizni uchrashuvga taklif etamiz.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi

Author: Uyushma axborot xizmati