O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmonining 4-ilova 67.4-bandida hunarmandlar uchun zamonaviy texnologiyalar, mahalliy va xalqaro to‘lov tizimlaribilan hamkorlikda naqd pulsiz-onlayn to‘lov mexanizmlarini kengaytirish vazifasi topshirilgan.
Topshiriq ijrosi yuzasidan 2025-yil 7-aprel kuni Turizm Qo‘mita binosida xalqaro VIZA tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib, mamlakatimizdagi turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi hunarmandlar uchun naqd pulsiz-onlayn to‘lovlar asosida savdolarni amalga oshirish imkoniyatlarini joriy etishga kelishildi.
Unga ko‘ra, Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi VIZA xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda hunarmandlar uchun VISA, MasterCard, Uzcard, HUMO kartalari hamda Google Pay, Apple Pay va Samsung Pay onlayn hamyonlari orqali to‘lovlarni MARTA ilovasi yordamida amalga oshirish mexanizmni yaratildi.
MARTA ilovasi NFC – texnologiyasiga ega Android 8.0 yuqori operasion tizimdagi smartfonlarni to‘lov terminaliga aylantiradi. Ilova kontaksiz, kontaktli bank kartalari va TezQR to‘lovlari ham mavjud. Ilova to‘liq xavfsizligi standartiga bo‘yicha sertifikatlangan.
Mazkur mexanizm orqali savdolarni fiskallashtirish bo‘yicha onlayn kassa funksiyasijoriy qilindi va soliq qonunchiligiga rioya qilish jarayoni soddalashtirildi.
MobiUz va Ucell aloqa operatorlari abonentlari bo‘lgan hunarmandlar uchun internet tarmog‘iga ulanmagan holda to‘lovlarni qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, ushbu dasturni hunarmandlar orasida ommalashtirishga qaratilgan maxsus videorolik ishlab chiqildi.