Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandchilik soxasidagi hozirgacha bo’lgan yutuqlarimiz

Hunarmandchilik soxasidagi hozirgacha bo’lgan yutuqlarimiz

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlangunga qadar yurtimizda 17 ta hunarmandchilikni rivojlantirish markazi faoliyat yuritib kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022 yilning birinchi yarim yilligi yakuniga qadar 47 taga ko‘paydi va natijada 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan, Mo‘ynoq tumanidagi “Hunarmandlar alleyasi”,…

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlangunga qadar

yurtimizda 17 ta hunarmandchilikni rivojlantirish markazi faoliyat yuritib kelgan bo‘lsa,

bu ko‘rsatkich 2022 yilning birinchi yarim yilligi yakuniga qadar 47 taga ko‘paydi

va natijada 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jumladan, Mo‘ynoq tumanidagi “Hunarmandlar alleyasi”, Shaxrixon tumanidagi “Hunarmandchilik markazi”, Buxoro tumanidagi Akmal Muxitdinovning “Yog‘och o‘ymakorligi markazi”, Nurota tumanidagi “Kashtachilik markazi”, Samarqand shahridagi Tillayev Oybekning “Hunarmandchilik markazi”, Yangiariq tumanidagi “Kulolchilik markazi”, Marg‘ilon shahridagi Ibroximjon Sultonovning “Gilam to‘qish markazi”, Rishton tumanidagi “Kulolchilik markazi”, Zangiota tumanidagi Raxmatullayev Sirojiddinning “Yog‘och o‘ymakorlik markazi” shuningdek, Chilonzor tumanidagi “Temirchilik markazi”, Shayxontoxur tumanidagi “Suzuk ota majmuasi”ni misol qilib keltirishimiz mumkin.Hunarmandchilik markazlari nimaga xizmat qiladi?

Prezident farmonida hunarmandchilik markazlari 2 qavatli qilib qurilishi, 1-qavatda hunarmandlarning ustaxonalari, savdo do‘konlari, ko‘rgazma zallari joylashishi, 2 qavatda esa ularning yashashi uchun sharoitlar yaratilish kerak.

“Hunarmandchilik markazlari”ni tashkil etilishi yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz haqida ma’lumot berish, targ‘ib qilish, yoshlarni hunarga o‘rgatishdan iborat.

Bu markazlar turistik hududlarga yaqin bo‘lgan joylarga qurilgan, mehmonlar topishi oson bo‘lishi inobatga olingan.

Bundan tashqari, bu kabi markazlar xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish va kelajak avlod uchun saqlash, usta hunarmandlardan bu sohaning sir-asrorlarini yoshlarga o‘rgatishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Hunarmandchilik markazlari”ning tashkil etilishi “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan aholi vakillariga ayniqsa, xotin-qizlar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan aholining hunar o‘rganishi, bandligini ta’minlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston dunyo mamlakatlari ichida xalq amaliy san’ati va hunarmandchilikning eng qadimiy turlari, an’analari, o‘ziga xos uslublari va maktablari saqlanib qolgan mamlakatlar sifatida alohida o‘ringa ega.

Hunarmandlarimizning o‘z hunariga bo‘lgan hurmat e’tibori tufayli biz qadryatlarimizni saqlab qolishga erishdik.Ma’lum ma’noda biz bu qadryatlarni namoyish qilib, chet ellik shu soha ixlosmandlarini jalb eta oldik.

Yurtimizga kelayotgan minglab mehmonlar tarixiy obidalarimiz bilan bir qatorda, o‘zbek milliy hunarmandchiligi mahsulotlarini ko‘rib,ularni yaratilish jarayoniga qiziqiyaptilar, o‘rganishga harakat qilayaptilar.

Farg‘onalik usta hunarmand Ibroxim Sultonov hunarmandlar markaziga 1 000danortiq, Samarqandlik Bobomurodov Mexroj kulolchilik maktabiga 300 dan ziyod, Buxorolik Davlat Toshev minyatyura usta- usta-shogird maktabiga 500danortiq xorijlik sayoxlar tashrif buyurganini alohida ta’kidlashimiz mumkin.

Author: Uyushma axborot xizmati