Hunarmand uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev “Mehnat shuhrati”ordeni sohibi Shoxalil Shoyoqubov bilan suhbatlashdi

Respublika “Hunarmand” uyushmasida Uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev  “Hunarmand” uyushmasining faxriy a’zosi naqqosh, san’atshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi “Mehnat shuhrati”ordeni sohibi Shoxalil Shoyoqubov bilan suhbatlashdi.  Uchrashuv samimiy suhbat asosida o‘tdi. Shoxalil Shoyoqubov uyushmaga o‘zining yangi nashrdan chiqqan “Yillar va yo‘llar” nomli kitobini sovg‘a qildi. Ushbu kitobm hunarmandning umr yo‘li, faoliyati, o‘zbek xalq amaliy san’ati va…

Respublika “Hunarmand” uyushmasida Uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev  “Hunarmand” uyushmasining faxriy a’zosi naqqosh, san’atshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi “Mehnat shuhrati”ordeni sohibi Shoxalil Shoyoqubov bilan suhbatlashdi.  Uchrashuv samimiy suhbat asosida o‘tdi.

Shoxalil Shoyoqubov uyushmaga o‘zining yangi nashrdan chiqqan “Yillar va yo‘llar” nomli kitobini sovg‘a qildi. Ushbu kitobm hunarmandning umr yo‘li, faoliyati, o‘zbek xalq amaliy san’ati va madaniyati rivoji yo‘lidagi mashaqqatli va ibratli mehnati, tajribasi, yutuqlari va armonlari­dan so‘zlaydi. Uyushma rahbari suhbatdi san’at, ma’rifat va ilmga befarq bo‘lmagan har bir inson uchun ushbu kitob qadrli hisoblanadi,-dedi

Author: Uyushma axborot xizmati