"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Bayram” pannosi

“Bayram” pannosi

XX asr. Zardo‘zlik san’ati amaliy san’atning o‘ziga xos, bejirim va jozibador turlaridan biri hisoblanadi. Uning markazi Buxoro bo‘lib, Buxoro amirligi qadimdan o‘zining zardo‘zligi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan.  “Bayram” pannosi “zardo‘zi- guldo‘zi” uslubida tikilgan bo‘lib, u 1962 yilda Moskvadagi VDNXda “Xalq san’ati” tematik ko‘rgazmada 2 ta oltin medal bilan: muallifiga –katta oltin medal, yordamchisiga- kichkina medal…

XX asr. Zardo‘zlik san’ati amaliy san’atning o‘ziga xos, bejirim va jozibador turlaridan biri hisoblanadi. Uning markazi Buxoro bo‘lib, Buxoro amirligi qadimdan o‘zining zardo‘zligi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan. 

“Bayram” pannosi “zardo‘zi- guldo‘zi” uslubida tikilgan bo‘lib, u 1962 yilda Moskvadagi VDNXda “Xalq san’ati” tematik ko‘rgazmada 2 ta oltin medal bilan: muallifiga –katta oltin medal, yordamchisiga- kichkina medal olib kelgan. 

Asosi to‘q qizil baxmaldan ishlangan. Yuzasida paxta terimidan so‘nggi “hosildorlik bayrami” ni nishonlash sahnasi tasvirlangan. 

Zar va kumush iplar bilan tikilgan. Stolyarov V., Axmedova M. Buxoro, 1958 y.

Manba:https://t.me/muzeyartuz/1033

Recommended Articles

[bvi]