Avval xabar berganimizdek, Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamda Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda joriy yil 5-12-iyun kunlari eronlik 9 nafar hunarmandlarning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilmoqda.
Bugun eronlik hunarmandlar Samarqand tumanidagi Konigil qogʻoz hamda kulol Ilxom Bobomurodovning ustaxonasida bo’ldilar.