Bugun Respublika “Hunarmand” uyushmasida “Hunarmandchilik sohasida startap loyihalar tanlovi” saralash bosqichidan o‘tgan 46 ta loyihani baholash uchun soha mutaxassislaridan iborat ekspertlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Hunarmandchilik sohasida startap loyihalar tanlovi”ga jami 82 ta ariza-loyiha kelib tushgan. Ulardan belgilangan mezon talablariga javob bergan 46 tasi saralab olinib, o‘rganilib, baholanishi uchun bugungi yig‘ilishda soha mutaxassislaridan iborat ekspertlarga taqdim etildi.
Yig‘ilish davomida loyihaning so‘nggi bosqichda aniqlangan g‘oliblar joriy yil 21-iyun kuni “Startap loyihalar va inkubatsiya markazi”ning ochilish marosimida taqdirlanishi to‘g‘risida so‘z bordi.