Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Chust tumani “Gʻova” qishlog‘i “Tinchlik” MFY hududida hunarmandchilikni milliy liboslar yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi

Chust tumani “Gʻova” qishlog‘i “Tinchlik” MFY hududida hunarmandchilikni milliy liboslar yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2022 yil davomida tashkil qilinadigan ish bilan band bo‘lmagan ayollar jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda hunar o‘rganish istagini bildirgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Namangan viloyatining Chust tumani “Gʻova” qishlog‘i “Tinchlik” MFY hududida hunarmandchilikni milliy liboslar yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kursi…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2022 yil davomida tashkil qilinadigan ish bilan band bo‘lmagan ayollar jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda hunar o‘rganish istagini bildirgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Namangan viloyatining Chust tumani “Gʻova” qishlog‘i “Tinchlik” MFY hududida hunarmandchilikni milliy liboslar yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

Joriy yilning 10 iyun kuni “Tinchlik” MFY hududida joylashgan 12-umumta’lim maktab binosida o‘quv kursi tashkil qilish uchun yig‘ilish o‘tkazildi. 

Ushbu yig‘ilishda mahalladagi hunar o‘rganish istagini bildirgan ko‘plab xotin-qizlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda O‘quv kursi to‘g‘risida  targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Natijada 13 nafar xotin-qizlar usta hunarmand Orziyeva Muxtaram Isroilovnaning xonadonida tashkil etgan ustaxonada usta-shogird an’anasi asosida hunar o‘rganadilar.

Author: Uyushma axborot xizmati