Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Charm maxsulotlari haqida ma’lumot

Charm maxsulotlari haqida ma’lumot

Charm maxsulotlari — hayvon terisining derma qismi bo’lib, uning tolali strukturasi fizikaviy, fiziko-mexanikaviy va kimyoviy tarzda maqsadga muvofiq o’zgartirilgan bo’ladi. Tabiiy va sunʼiy turlarga ajratiladi. Tabiiy Charm hayvonlar: qoramol, ot, qoʻy, echki, tuya, bugʻu, kiyik, suv hayvonlari, it, ayrim baliq va boshqa hayvonlarning terisini oshlab tayyorlanadi. Ishlatilishiga qarab, poyabzal, egarjabduq, texnika, kiyimbosh, uchun moʻljallangan xillarga…

Charm maxsulotlari — hayvon terisining derma qismi bo’lib, uning tolali strukturasi fizikaviy, fiziko-mexanikaviy va kimyoviy tarzda maqsadga muvofiq o’zgartirilgan bo’ladi. Tabiiy va sunʼiy turlarga ajratiladi. Tabiiy Charm hayvonlar: qoramol, ot, qoʻy, echki, tuya, bugʻu, kiyik, suv hayvonlari, it, ayrim baliq va boshqa hayvonlarning terisini oshlab tayyorlanadi. Ishlatilishiga qarab, poyabzal, egarjabduq, texnika, kiyimbosh, uchun moʻljallangan xillarga ajratiladi.

Xom ashyo turi, oshlash, pardozlash, tashqi koʻrinishi, qalinligiga qarab ham xillarga boʻlinadi. Sunʼiy charm polimer xom ashyo materiallardan tayyorlanadi. Sunʼiy Charm tolalardan toʻqilgan yoki notoʻqima matolar sirtiga yumshoq plyonka hosil qiluvchi moddalar (kauchuk, lateks, polivinilxlorid va boshqalar) qoplash natijasida hosil boʻladi. Sunʼiy Charm poyabzal, kiyimkechak, attorlik hamda texnika buyumlari tayyorlash va boshqa ehtiyojlar uchun tabiiy oʻrnida keng miqyosda ishlatiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati