Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buxoroda “Nasriddin Afandi” an’anaviy festivali bo‘lib o‘tmoqda

Buxoroda “Nasriddin Afandi” an’anaviy festivali bo‘lib o‘tmoqda

1 aprel Buxoroda hazil-mutoyiba bayrami – “Nasriddin Afandi” an’anaviy festivali bo‘lib o‘tmoqda. Buxoroning turizm salohiyatini dunyo miqyosda keng namoyish etish, shuningdek, tarixiy qadriyatlarimiz targ‘ibotini yanada oshirishni o‘zida maqsad qilgan mazkur festivalga nafaqat mahalliy, balki chet ellik mehmonlarning tashrifi hamda qiziqishlari ortib bormoqda. Shunga mos ravishda festival dasturi rang-barang loyihalar bilan boyimoqda. Joriy yilgi festival Nasriddin…

1 aprel Buxoroda hazil-mutoyiba bayrami – “Nasriddin Afandi” an’anaviy festivali bo‘lib o‘tmoqda. Buxoroning turizm salohiyatini dunyo miqyosda keng namoyish etish, shuningdek, tarixiy qadriyatlarimiz targ‘ibotini yanada oshirishni o‘zida maqsad qilgan mazkur festivalga nafaqat mahalliy, balki chet ellik mehmonlarning tashrifi hamda qiziqishlari ortib bormoqda.

Shunga mos ravishda festival dasturi rang-barang loyihalar bilan boyimoqda. Joriy yilgi festival Nasriddin Afandi boshchiligidagi ishtirokchilarning Poyi Kalon majmuasidan Nodir Devonbegi madrasasiga bo‘lgan masofaga milliy karvon yurishi bilan boshlandi. Eski shahar ko‘chalari bo‘ylab yangragan milliy qo‘shiqlar, milliy qahramonlarning qiyofasi aks etgan katta-kichik qo‘g‘irchoqlar aholi, festival mehmonlari, ayniqsa, xorijiy sayyohlarning hayratini oshirdi. Nodir Devonbegi madrasasi oldida festivalning ramziy ochilish marosimi o‘tkazildi.

Author: Uyushma axborot xizmati