"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Buxoro Xalqaro festival ishtirokchilarini chorlamoqda

Buxoro Xalqaro festival ishtirokchilarini chorlamoqda

Buxoroda joriy yilning 21-25 may kunlari o‘tkaziladigan “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” hamda “Milliy kashtado‘zlik san’ati festivali” ga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. – Festivalda 50 dan ortiq davlatdan 211 nafar xorijiy mehmonlar kelishi kutilmoqda, – deydi O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Akbar Muxammedov. – Zardo‘z, zargar, kashtado‘z hunarmand, konferensiya ishtirokchilari, xorijiy ommaviy axborot vositalari,…

Buxoroda joriy yilning 21-25 may kunlari o‘tkaziladigan “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” hamda “Milliy kashtado‘zlik san’ati festivali” ga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

– Festivalda 50 dan ortiq davlatdan 211 nafar xorijiy mehmonlar kelishi kutilmoqda, – deydi O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Akbar Muxammedov. – Zardo‘z, zargar, kashtado‘z hunarmand, konferensiya ishtirokchilari, xorijiy ommaviy axborot vositalari, WCC xodimlari, yuqori martabali mehmonlar va hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat mehmonlar 19 may kunidan kelishni boshlaydi. Mehmonlar Toshkent, Buxoro shahridagi mehmonxonalarga joylashtiriladi. Ularga ingliz, arab, fors, ispan, turk va rus tilida mukammal so‘zlashadigan volontyorlar hamrohlik qiladi.

Festivalda ishtirok etuvchi mahalliy hunarmandlar ro‘yxati shakllantirilgan. Respublikamizning 14 ta hududidan 97 nafar zargar va 10 ta zargarlik yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi korxonalar, 33 nafar zardo‘z, 35 nafar kashtachilik hamda boshqa yo‘nalishlardan 90 nafar hunarmandlar ishtiroki rejalashtirilgan.

Festivalni targ‘ib qiluvchi 10 dan ortiq esdalik buyumlar namunalari tayyorlandi. Shu jumladan, “Zardo‘zlik san’ati tarixi” kitobi ham. Festivalni o‘tkazish joyi sifatida “Ark” qo‘rg‘oni old maydoni, unga tutash xiyobon va xiyobondan Minorai Kalon majmuasi yo‘l yoqasi belgilandi. Mahalliy hamda xorijiy ishtirokchilarning joylashuv sxemasi (dislokatsiya) ishlab chiqildi.

Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA

Author: Uyushma axborot xizmati