Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Bugungi kunda yurtimizda 1 millionga yaqin imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan fuqarolarimiz hayot kechirmoqda

“Bugungi kunda yurtimizda 1 millionga yaqin imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan fuqarolarimiz hayot kechirmoqda

So‘nggi yillarda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularga teng sharoitlarni yaratish borasidagi davlat siyosati mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.  Endi, nogironligi bo‘lgan insonlar – jamiyatning to‘laqonli a’zolari, degan tamoyil negizida ularning konstitusiyaviy huquq va kafolatlarini belgilab qo‘yish insoniy burchimizdir. Jumladan: “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har qanday ajratib qo‘yish, ularning huquqlarini cheklash, ob’yektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar…

So‘nggi yillarda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularga teng sharoitlarni yaratish borasidagi davlat siyosati mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 

Endi, nogironligi bo‘lgan insonlar – jamiyatning to‘laqonli a’zolari, degan tamoyil negizida ularning konstitusiyaviy huquq va kafolatlarini belgilab qo‘yish insoniy burchimizdir. Jumladan:

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har qanday ajratib qo‘yish, ularning huquqlarini cheklash, ob’yektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan bosh tortish taqiqlanadi.

Davlat ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni va teng imkoniyatlarni yaratadi.

Alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi”, degan qoidalarni kiritishni taklif qilaman”, dedi Prezident.

Author: Uyushma axborot xizmati