Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hunarmandlar! 🎄2022 yil yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi.đŸ’„

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hunarmandlar! 🎄2022 yil yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi.đŸ’„

🎄Joriy yil Respublika “Hunarmand” uyushmasi, qolaversa hunarmandlarimiz uchun ham barakali yil bo‘ldi, deyishga haqlimiz.đŸ’„ 🎄Mamlakatimizda tadbirkorlik, jumladan, hunarmandchilikka alohida e’tibor va imtiyozlar natijasida so‘nggi yillarda xalq amaliy san’atini rivojlantirish, boy madaniy merosimizni saqlab qolish va targ‘ib qilish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarning hunarmandchilik bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyatlar yaratildi.đŸ’„ 🎄Hududlarimizda xalq amaliy san’atini rivojlantirish,…

🎄Joriy yil Respublika “Hunarmand” uyushmasi, qolaversa hunarmandlarimiz uchun ham barakali yil bo‘ldi, deyishga haqlimiz.đŸ’„

🎄Mamlakatimizda tadbirkorlik, jumladan, hunarmandchilikka alohida e’tibor va imtiyozlar natijasida so‘nggi yillarda xalq amaliy san’atini rivojlantirish, boy madaniy merosimizni saqlab qolish va targ‘ib qilish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarning hunarmandchilik bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyatlar yaratildi.đŸ’„

🎄Hududlarimizda xalq amaliy san’atini rivojlantirish, yoshlarni hunarga qiziqtirish va usta-shogird an’analarini davom ettirish maqsadida hunarmandchilik markazlari qurib, foydalanishga topshirildi.đŸ’„

🎄Joriy yilda hunarmandlarimiz nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy davlatlardagi ko‘rgazma-savdolarda o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashdilar, shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlarining onlayn savdosi bo‘yicha ham samarali natijalarga erishildi. Hamkor tashkilotlar ko‘magida chet ellarda hunarmandchilik mahsulotlari savdo uylari ochildi.đŸ’„

🎄Aziz hunarmandlar!

2023 yilda oldimizda bundan-da ulkan maqsad va vazifalar turibdi. Bularni amalga oshirishda barchamiz bir jonu bir tan bo‘lib, astoydil mehnat qilishimizga ishonaman.đŸ’„

🎄Barchangizga Yangi yil muborak bo‘lsin. Xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, baxt va quvonch tilayman. Omad va ijodiy zafarlar hamrohingiz bo‘lsin.đŸ’„

🎄Ulug‘bek Abdullayev,

O‘zbekiston Respublikasi

“Hunarmand” uyushmasi raisiđŸ’„

Author: Uyushma axborot xizmati