Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Yaponiyaning kulolchilik markazi Masiko shaharchasida rishtonlik usta-kulol Baxtiyor Nazirovning ko‘rgazmasi ochildi

Yaponiyaning kulolchilik markazi Masiko shaharchasida rishtonlik usta-kulol Baxtiyor Nazirovning ko‘rgazmasi ochildi

Yaponiyaning Tochigi prefekturasi Masiko shaharchasidagi Sukamoto galereyasida Rishton kulolchilik maktabining yorqin namoyandalaridan biri – usta-kulol Baxtiyor Nazirov asarlari ko‘rgazmasi ish boshladi. Ko‘rgazma ochilish marosimida O‘zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov ham ishtirok etdi. Bakhtiyor Nazirov Ceramic Art Exhibition ko‘rgazmasi 16 oktyabrga qadar davom etadi. Masiko – qadimiy yapon keramikasi markazlaridan biri bo‘lib, ushbu…

Yaponiyaning Tochigi prefekturasi Masiko shaharchasidagi Sukamoto galereyasida Rishton kulolchilik maktabining yorqin namoyandalaridan biri – usta-kulol Baxtiyor Nazirov asarlari ko‘rgazmasi ish boshladi.

Ko‘rgazma ochilish marosimida O‘zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov ham ishtirok etdi.

Bakhtiyor Nazirov Ceramic Art Exhibition ko‘rgazmasi 16 oktyabrga qadar davom etadi.

Masiko – qadimiy yapon keramikasi markazlaridan biri bo‘lib, ushbu maskanda o‘ziga xos mahalliy qizg‘ish jigarrang loydan kulolchilik mahsulotlari tayyorlanadi.

Author: Uyushma axborot xizmati