Xizmat safari doirasida -Taxiyatash tumanida

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Safar doirasida uyushma rahbari Taxiyatash tumanidagi mashhur hunarmand Zulfiya Masharipovaning ustaxonasiga tashrif buyurdi.

Ushbu ustaxonada amalga oshirilayotgan ishlar, mahalliy hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar hamda ustalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat davomida hunarmandchilik mahsulotlarida dizaynni takomillashtirish, zamonaviy talablarga moslashtirish hamda mahsulotlarga munosib bozor topish masalalari muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ham fikr almashildi.

“Hunarmand” uyushmasi hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini yanada kengaytirish va milliy merosni saqlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Oldingi “Margʻilon brendi” yangi logotipi belgilandi!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.