Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Ayollarga tadbirkorlik qilishga keng yo‘l ochildi

Ayollarga tadbirkorlik qilishga keng yo‘l ochildi

Mamlakatimizda qo‘lida hunari bor, oilasiga, jamiyatga foydasi tegadigan ayollarga tadbirkorlik qilishga keng yo‘l ochildi. Yangi Namangan tumanining Abu Rayxon Beruniy mahallasi yashovchi Mahmuda Djalolova 40 yildan buyon chevarchilik bilan shug‘ullanadi, u buyurtma asosida ayollar liboslari va kelinlik sarpolarini tikadi va hududdagi shu hunarga qiziqqan yoshlarga ham tikish-bichish sirlarini o‘rgatmoqda. Hunarmand hozirda uyida tikuvchilik sexi tashkil…

Mamlakatimizda qo‘lida hunari bor, oilasiga, jamiyatga foydasi tegadigan ayollarga tadbirkorlik qilishga keng yo‘l ochildi. Yangi Namangan tumanining Abu Rayxon Beruniy mahallasi yashovchi Mahmuda Djalolova 40 yildan buyon chevarchilik bilan shug‘ullanadi, u buyurtma asosida ayollar liboslari va kelinlik sarpolarini tikadi va hududdagi shu hunarga qiziqqan yoshlarga ham tikish-bichish sirlarini o‘rgatmoqda.

Hunarmand hozirda uyida tikuvchilik sexi tashkil etib, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda, kelin-qizlari bilan birgalikda oyiga 30 tadan ortiq liboslar, 600 tagacha ko‘rpa-to‘shak, yostiq tayyorlashadi. Bundan tashqari, beshik bezaklari, ko‘rpa-to‘shak va yostiq uchun jild, qisqa qilib aytganda ro‘zg‘or uchun zaruriy barcha narsalar tikiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati